Samsung’ning korrupsiyada ayblangan rahbari chiqarilgan hukmdan norozi

Fan-texnika 11:19 / 28.08.2017 5474

Janubiy Koreyaning Samsung korporatsiyasi rahbari Li Chje Yon Seul Markaziy okrug sudiga apellyatsiya yubordi. U sudning o‘zining korrupsiya mojarosiga aloqadorligi bo‘yicha ish yuzasidan e'lon qilgan hukmidan norozi.

Bu haqda «Ryonxap» agentligi xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Li Chje Yon avvalroq besh yillik qamoqqa mahkum etilgandi. Uni sobiq prezident Pak Kin Xe yaqin dugonasining qizi otda yurishni o‘rganishi uchun 6,38 mln dollar miqdorida pora berishga aloqadorlikda aybdor deb tan olishdi.

Tadbirkor o‘z aybini tan olmagan.

Apellyatsiya sudining ilk eshituvi sentabrda bo‘lib o‘tadi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, u xorijdagi aktivlarni yashirgani va yolg‘on guvohlik bergani uchun ham qamalgan.

Avvalroq Samsung imperiyasining vorisi 5 yilga ozodlikdan mahrum etilgani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: