Hindiston va Xitoy chegaradagi chigal vaziyat bo‘yicha bir qarorga keldi

Jahon 13:18 / 28.08.2017 7091

Hindiston va Xitoy Doklam tumanidan qo‘shinlarni “tezroq” olib ketish haqida kelishib olishdi. Bu ikki oylik qarama-qarshilikdan so‘ng yuz berdi, deb xabar qilmoqda Hindiston TIV.

"Hindiston va Xitoy so‘nggi haftalarda Doklamdagi vaziyat bo‘yicha diplomatik aloqada bo‘lib turgandi. Biz bu aloqalar vaqtida o‘z nuqtai nazarimiz va tashvishlarimiz hamda manfaatlarimiz haqida ma'lumot berish imkoniga ega bo‘ldik. Shu asosda Doklamdagi qarama-qarshilik joyidan chegara xizmatchilarini tezroq olib ketish muvofiqlashtirib olindi hamda u davom etmoqda", - deyiladi mamlakat TIV tomonidan e'lon qilingan bayonotda.

Iyun oyi oxirlarida hindistonlik chegarachilar guruhi Xitoy-Hindiston chegarasini Sikkim shtati yaqinidan kesib o‘tishgandi. Ular xitoylik harbiylarning Doklam tumanida yo‘l qurish bo‘yicha ishlarini to‘xtatmoqchi bo‘lganlar. Hindistonning bildirishicha, Butan hukumati bilan muvofiq holda harakat qilgan, hamda mintaqadagi kvo-maqomi o‘zgarishining oldini olishni asosiy maqsad sifatida hisoblaydi. Dehli va Tximpxuning fikricha, bu yerda chegara muammosi hal etilmagan. Pekinning iddao etishicha, bu hudud Xitoyga tegishli. Ikki davlat harbiylari ikki oydan ko‘proq vaqt davomida bir biriga qarama-qarshi pozitsiyada bo‘lgan.

Avvalroq Himolaydagi yo‘l qurilishi tufayli Xitoy va Hindiston munosabatlari sovuqlashayotgani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: