Dunyodagi birinchi olmos birjasi ish boshladi

Jahon 18:00 / 28.08.2017 5184

Indian Commodity Exchange birjasi dunyoda birinchi bo‘lib olmoslar uchun fyucherslar savdosini yo‘lga qo‘ydi, deyiladi ICEX materiallarida.

Aniqlik kiritilishicha, sarmoyadorlar avvaliga 1 qirotlik toshlar bilan kelishuvni amalga oshirishga muvaffaq bo‘lishadi, keyinchalik og‘irligi 0,3 va 0,5 qirot bo‘lgan brilliantlar bilan savdo yo‘lga qo‘yiladi.

«ICEX’ni savdolar boshlangani bilan tabriklayman. Ishonamanki, yangi birja Hindiston tovar bozorining yanada rivojlanishiga katta hissa qo‘sha oladi», - deya ma'lum qildi Hindiston qimmatbaho toshlar va zargarlik buyumlarining eksportiga ko‘mak ko‘rsatish Kengashi raisi Pravin Shankar Pandiya.

ICEX rahbari Sanjit Prasadning ta'kidlashicha, fyuchers savdolarini ishga tushirish olmos investitsiyalarini shaffof qiladi, ularning samaradorligi va xavfsizligini oshiradi, zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilariga esa o‘zlarini xomashyo narxlarining tebranishidan himoyalash imkonini beradi.

Avvalroq eng qimmatbaho 10 olmos haqida ma'lumot berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: