Hindistonda jangarilar politsiyachilarga hujum qildi

Jahon 10:53 / 26.08.2017 6076

Hindistonning Pulvama shahrida jangarilar politsiyachilarga hujum qildi. Hodisa oqibatida bir politsiyachi halok bo‘ldi va olti nafari jarohatlandi. Bu haqda NDTV xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, qurollangan kamida uch kishi hujum qilgan. Politsiya bo‘linmasida esa Jammu va Kashmir shtatlarining yuzlab xodimlari bo‘lgan.

Jangarilar binoga kirishning uddasidan chiqishgach, granatalarni otib, betartib o‘q uza boshlashgan.

Ayni damda politsiyachilarni evakuatsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Avvalroq Myanmada jangarilar politsiyachilarga hujum qilgani xabar berilgandi.

 

Ko‘proq yangiliklar: