Ronaldu «Real»dan kosmik shartnoma so‘ramoqda

Sport 11:05 / 25.08.2017 21134

«Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanishni istamoqda.

AS nashri xabariga ko‘ra, 32 yoshli portugaliyalik futbolchi klub rahbariyatidan maoshi miqdorini soliqlar chiqarib tashlanganda 40 million yevroga yetkazishni so‘ramoqda. Ronaldu ayni vaqtda «Real»da 21 million yevro oladi.

Futbolchi Neymar («PSJ») va Lionel Messi («Barselona»)ni bu borada ham ortda qoldirmoqchi, bu futbolchilarning yillik maoshi miqdori 40 million yevroga yaqinni tashkil qiladi.

Ammo «Real» Ronaldu bilan o‘tgan yil noyabrida moliyaviy jihatlari yaxshilangan shartnoma imzolagan va uning bu talabiga ko‘nmoqchi emas.

Ko‘proq yangiliklar: