Isroilning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

O‘zbekiston 19:38 / 25.08.2017 4324

2017 yilning 25 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Isroil Davlatining yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Eduard Shapirani qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Elchi Vazirga o‘z ishonch yorliqlari nusxasini topshirdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Isroil munosabatlari holati va uni yanada rivojlantirish, xususan savdo-iqtisodiy va investitsion sohalarda kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Muzokaralarda ba'zi mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan ham fikr almashildi.

Ko‘proq yangiliklar: