Dehlida Hindiston savdo va sanoat davlat vaziri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston 13:17 / 24.08.2017 3612

2017 yilning 23 avgust kuni Dehli shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Hindiston Respublikasi Tijorat va sanoat vaziri Nirmala Sitharaman bilan uchrashdi.

O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Elyor G‘aniyev, vazirlik, idoralar va davlat kompaniyalaridan bo‘lgan O‘zbekiston delegatsiyasi boshqa vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan suhbatda ikki tomonlama savdo aylanmasi hajmini oshirish va nomenklaturasini diversifikatsiya qilish O‘zbekiston-Hindiston munosabatlarining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi qayd etildi.

Uchrashuvda hamkorlik masalalari batafsil muhokama qilindi hamda tomonlar tovarlar va xizmatlarni o‘zaro yetkazib berishni ko‘paytirish, O‘zbekistonda ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda zamonaviy raqobatbardosh tayyor mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirdi.

Ko‘proq yangiliklar: