Serbiya Hindiston va Eron fuqarolari uchun vizani bekor qildi

Jahon 00:18 / 23.08.2017 5152

Serbiya sayyohlar va investorlarni jalb qilish maqsadida Hindiston va Eron fuqarolari uchun vizani bekor qildi.

“Bu qaror ushbu davlatlardan sayyohlar va investorlarning bemalol kelishiga imkon beradi va qulay ishchi muhit yaratadi”, deb aytilgan Serbiya hukumatida.

Avvalroq Bryussel tomondan Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritilishi va Rossiyaning javob choralar ko‘rishi sababli Yevropa Ittifoqida oziq-ovqat mahsuloti ko‘payib ketishi tufayli Serbiya Yevropa Ittifoqidan olib kiriladigan sut mahsulotlari va cho‘chqa go‘shtiga qo‘shimcha bojlarni o‘rnatgandi.

Ko‘proq yangiliklar: