Pekin Vashingtonni Xitoy kompaniyalarga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi

Jahon 00:40 / 23.08.2017 7554

Xitoy AQShni 22 avgustda Xitoy kompaniyalariga kiritgan yangi sanksiyalarini zudlik bilan bekor qilishga chaqirdi. Bu sanksiyalar ikki davlat hamkorligiga ta'sir qilishi mumkin. Bu haqda Xitoyning Vashingtondagi elchixonasi vakili aytib o‘tdi.

“Xitoy BMT Xavfsizlik kengashi doirasidan tashqarida bir tomonlama sanksiyalar kiritilishiga qarshi”, deb aytilgan Xitoy elchixonasida.

“Biz AQShni bu xatosi tegishli masalalar bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikka putur yetkazmasligi uchun uni zudlik bilan to‘g‘rilashga qat'iyan chaqiramiz”, deb aytgan Xitoy vakili.

22 avgustda AQSh moliya vazirligi o‘z sanksiyalar ro‘yxatiga Xitoyning bir fuqarosi va 5  kompaniyasining kiritilishini e'lon qildi. Bunga ushbu kompaniyalarning Shimoliy Koreya bilan hamkorlik qilgani sabab qilib ko‘rsatilgan.

Ko‘proq yangiliklar: