Germaniyada Tramp boshi shaklidagi giyohvand moddali tabletkalar aniqlandi

Jahon 00:21 / 23.08.2017 5587

Germaniyaning Osnabryuk shahridagi federal trassada ichida AQSh prezidenti Donald Trampning boshi shaklidagi giyohvand moddali 5 mingta tabletka aniqlandi. Bu haqda Spiegel nashri xabar bermoqda. 

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, avtomobil 51 yoshli erkak va uning 17 yoshli o‘g‘liga tegishli bo‘lgan. Ular Niderlandiyadan Avstriyaga ketayotgan bo‘lishgan. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, tabletkalar partiyasi narxi 39 ming yevroni tashkil qiladi. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, giyohvand modda “Tramp ulfatchilikni yana buyuk qiladi” iborasi bilan tarqatilgan.  

Tabletkalar tortib olingan. Ularning egalari keyingi taqdiri haqida hech narsa ma'lum qilinmagan.

Ko‘proq yangiliklar: