Sodiq Safoyev Rossiya Federatsiya Kengashi delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston 09:30 / 22.08.2017 6251

21 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning Rossiya Federatsiyasi Federal Yig‘ilishi Federatsiya Kengashi Raisi o‘rinbosari Ilyos Umaxanov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni va parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Joriy yilning kuz faslida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Hamkorlik bo‘yicha komissiyasining va Rossiya Federal Yig‘ilishi Federatsiya Kengashining birinchi majlisini Toshkent shahrida tashkil etish hamda ushbu tadbir doirasida O‘zbekiston-Rossiya biznes-forumini va “Mintaqalar forumini” o‘tkazish masalasiga alohida e'tibor qaratildi.

I.Umaxanov Rossiya tomoni yirik mintaqalarning va O‘zbekiston uchun ustuvor bo‘lgan tarmoqlarda faoliyat ko‘rsatayotgan yetakchi kompaniyalarning rahbarlarini mazkur forumlar ishida qatnashishga jalb qilish uchun barcha sa'y-harakatlarni ishga solishiga ishonch bildirdi.

Ko‘proq yangiliklar: