Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga tashrif buyuradi

O‘zbekiston 19:30 / 22.08.2017 32495

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi Komil Rashidov Bishkekda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma'lum qilgan.

Mahalliy nashrlarda yozilishicha, jurnalistning O‘zbekiston prezidenti Qirg‘izistonga tashrif buyurishi haqidagi savoliga tasdiq javobi qaytarilgan.

«Tomonlar ushbu tashrifga tayyorgarlik ko‘rmoqda, aniq muddatlar kelishiladi. Bu tashrif ro‘y beradi», – degan elchi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Bishkekda bo‘lib o‘tgan ikki davlat bosh vazirlari uchrashuvida Sooronbay Jeenbekov Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev sentabr oyida O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirgani haqida ma'lum qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: