Poroshenko: ruslarga Amerika vizalari yopilmoqda, bizga esa YeIga vizasiz borish ochilmoqda  

Jahon 18:27 / 22.08.2017 8736

Ukraina yetakchisi Pyotr Poroshenkoning Xarkov viloyatida ko‘prikning ochilish marosimidagi chiqishida ma'lum qilishicha, mamlakat qaytib kelmaydigan nuqtadan o‘tdi.

Ukraina prezidentining chiqishini «112 Ukraina» telekanali translyatsiya qildi.

«Ruslarga Amerika vizalari yopilmoqda, bizga esa Yevroittifoqqa vizasiz kirish ochilmoqda. Hamda hozirgi vaqtda bu qaytib kelmaydigan nuqta emas. Bu biz Sovetlar Ittifoqi va Rossiya imperiyasiga hech qachon qaytmasligimizni anglatadi», - deya ta'kidlab o‘tdi u.

Keyinchalik o‘z Twitter’ida Poroshenko Ukraina «qaytib kelmaslik nuqtasi»dan o‘tganini alohida ta'kidlab o‘tdi.

«Ruslarga Amerika vizalari yopilmoqda, ukrainlarga esa YeIga vizasiz borish imkoniyati ochilmoqda. Biz qaytib kelmaslik nuqtasidan o‘tdik», - deya yozgan Ukraina rahbari.

O‘tgan oyda Poroshenko AQShning Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarini qo‘llab-quvvatlagandi.

Ko‘proq yangiliklar: