OAV: Raqqada xalqaro koalitsiya aviazarbalari tufayli qariyb 80 kishi halok bo‘ldi

Jahon 18:31 / 22.08.2017 3781

AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiyaning Suriyaning Raqqa shahriga bergan aviazarbalari natijasida tinch aholi vakillaridan kamida 78 nafari halok bo‘ldi. Bu haqda SANA agentligi xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, koalitsiya aviatsiyasi As-Saxoniy, Xarit Al-Beda va At-Tusiya mavzelariga zarbalar bergan.

Bundan tashqari, ko‘plab uy-joylar hamda infratuzilma obektlari vayron bo‘lgani xabar qilinmoqda.

Avvalroq AQSh Suriya hukumatiga kimyoviy qurol qo‘llanilishi yuzasidan maxsus bayonot bilan chiqqandi.
 

Ko‘proq yangiliklar: