OAV: Kim Chen In Janubiy Koreya bilan chegaradagi harbiy bazaga maxfiy tarzda bordi

Jahon 09:42 / 22.08.2017 13017

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreya bilan chegaraga yaqin hududda joylashgan harbiy qismga avgust oyi boshida maxfiy tarzda kelgan. Bu haqda «Ryonxap» agentligi hukumatdagi manbalarga asosan xabar bermoqda.

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Kim Chen In Janubiy Koreya bilan chegaradan atiga bir kilometr masofada joylashgan harbiy qismga borgan.

Ta'kidlanishicha, KXDR yetakchisining tashrifidan ko‘zlangan maqsad noma'lum, biroq, u Pxenyan Seulga nisbatan yangi harbiy fitnaga tayyorgarlik ko‘rayotganidan darak berishi mumkin ekan.

Avvalroq KXDRdan Suriyaga yuklar yetkazib berilishiga bo‘lgan urinish fosh etilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: