Kobulning diplomatik tumanida raketa portladi

Jahon 07:55 / 22.08.2017 3086

Afg‘oniston poytaxti Kobulning xorijiy elchixonalar joylashgan tumanida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda politsiyaga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, portlash raketa zarbasi oqibatida yuz bergan. Politsiyaning ma'lum qilishicha, raketalardan biri prezident saroyi va diplomatik idoralar yaqiniga tushgan. Ta'kidlanishicha, portlash oldidan signalizatsiya va sirenalar ishga tushgan. 

Kobuldagi portlash AQSh prezidenti Donald Tramp amerikalik harbiylarning Afg‘onistonda bo‘lishi rejasi haqidagi nutqi oldidan yuz berdi.

Fox News telekanalining xabar berishicha, Tramp Oq uyning Afg‘onistonga nisbatan yangi strategiyasi haqidagi hujjatni imzoladi. Ta'kidlanishicha, hujjatga ko‘ra, Afg‘onistonga qo‘shimcha 4 ming harbiy yuboriladi.

Ko‘proq yangiliklar: