Kimlar tadbirkor bo‘la olmaydi? 

Jamiyat 17:35 / 22.08.2017 24307

SAVOL: Men davlat korxonasida ishlayman. Bo‘sh vaqtimda tadbirkorlik qilish uchun yakka tartibda tadbirkorlik ro‘yxatida o‘tganman. Shu mumkinmi?
Sohibjon Rasulov.

JAVOB: Vazirlar Mahkamasining «Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlangan mansabdor shaxslarning ro‘yxati to‘g‘risida»gi 1992 yil 6 martdagi 103-son qaroriga muvofiq quyidagi mansabdor shaxslarga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlangan:

- davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining, huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlariga;

- davlat banklari rahbarlari va ularning o‘rinbosarlariga, xizmat yuzasidan pul belgilariga va pul (bank) hujjatlariga bevosita aloqasi bo‘lgan mansabdor shaxslarga;

- davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari rahbarlariga va ularning bank hujjatlariga imzo qo‘yish huquqiga ega bo‘lgan o‘rinbosarlariga;

- davlat ta'minot va savdo-sotiq korxonalari va tashkilotlarining rahbar xodimlariga;

- tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni hal qilish yoki bunday faoliyatni nazorat qilish vazifasiga kiruvchi davlat organlarining rahbar xodimlari va mutaxassislariga.

Savolga huquqshunos Umida Absalomova javob berdi.

Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.

Ko‘proq yangiliklar: