Indoneziyalik xakerlar bayroq mojarosidan so‘ng Malayziyaning qariyb 30 ta saytini buzib kirishdi

Jahon 08:30 / 22.08.2017 6888

Indoneziyalik xakerlar Malayziyaning 27 ta saytiga kiberhujum uyushtirishdi. Bu 29-Janubi-Sharqiy Osiyo o‘yinlarining suvenir bukletida mamlakat bayrog‘i xato bilan tasvirlangani tufayli yuz berdi, deb xabar bermoqda Straits Times.

«Mening milliy bayrog‘im – bu o‘yinchoq emas», - deya saytlarning buzib kirilishiga izoh berishgan xakerlar.

Ta'kidlanishicha, hujumga uchragan resurslarga kirganda Indoneziya madhiyasi yangragan.

Avvalroq Janubi-Sharqiy Osiyo o‘yinlaridagi Polsha bayrog‘i Indoneziyaning g‘azabiga sabab bo‘lgani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: