Germaniyada Angela Merkel Muhammad paydo bo‘ldi

Jahon 09:01 / 22.08.2017 28058

Germaniyaning g‘arbiy qismida yashovchi muhojirlar dunyoga kelgan qizlarini Germaniya kansleri sharafiga nomlashdi. Shu tariqa qizaloqning asosiy ismi Angela, ikkinchi ismi Merkel va familiyasi Muhammad bo‘ldi va uning to‘liq ismi-sharifi Angela Merkel Muhammad ko‘rinishini oldi. 

Qizning ota-onasi 2015 yilda Suriyadan qochib, Germaniyada boshpana topgan. Ular arab davlatlaridan bo‘lgan muhojirlarga Germaniya chegaralarini ochishga ruxsat bergan Merkelning siyosatiga minnatdorlik sifatida qizlarini shunday nomlashga qaror qilishgan. 

Bu qochqinlar o‘z farzandlari ismini Merkel sharafiga qo‘yayotgan birinchi holat emas. 

Ko‘proq yangiliklar: