Filadelfiyada ikki poyezd to‘qnashib ketdi, jabrlanganlar ko‘p

Jahon 12:58 / 22.08.2017 3323

Amerika Qo‘shma Shtatlarning Filadelfiya shahri Apper-Darbi tumanida tezyurar poyezd perronda turgan poyezdga kelib urildi, deb yozmoqda Time nashri.

To‘qnashuv natijasida poyezd relslardan chiqib ketgan.

Mahalliy ma'muriyat ma'lumotlariga ko‘ra, 33 kishi jarohat oldi, ulardan to‘rt nafarining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda. Jabrlanganlar tuman shifoxonalariga olib ketilgan.

Temir yo‘l falokati sabablari o‘rganilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: