«Barselona»da vaziyat izdan chiqqan

Sport 10:57 / 22.08.2017 19708

«Barselona» futbolchilari klub rahbariyatidan, xususan klub texnik direktori Roberto Fernandesdan norozi bo‘lmoqda.

Cadena SER xabariga ko‘ra, jamoaning yetakchi futbolchilari tranferlar bilan bog‘liq vaziyat tufayli tarang holat yuzaga kelgan.

Shu sababdan Lionel Messi haligacha «Barselona» bilan shartnomani uzaytirmay kelmoqda. 30 yoshli bu argentinalik futbolchi klubning kelajak uchun loyihasiga ishonch bildirmayapti.

Bu masala katalonlar jamoasining boshqa futbolchilarini ham tashvishlantirmoqda. Andres Inesta ham oxirgi intervyularidan birida kelajagi bo‘yicha bir qarorga kela olmayotganini bildirib o‘tgandi.

Xuddi shu vaqtda Lionel Messi uchun «Manchester Siti» 300 mln yevro to‘lashga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan.

«Barselona» yozda jamoaning asosiy futbolchilaridan biri Neymarni «PSJ»ga sotib yubordi. Uning o‘rniga olib kelinishi kerak bo‘lgan Filippe Koutino va Usmon Dembele transferi amalga oshmayapti. Bundan tashqari, «PSJ»dan Marko Verrattini transfer qilish rejasi barbod bo‘ldi.

Katalonlar klubi Xitoy chempionatidan Paulinoni 40 mln yevroga sotib oldi, yaqin kunlarda Fransiya chempionatidan Jan Mikael Seri 30 mln yevroga sotib olinishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: