«Barselona» endi Di Mariyani sotib olishga harakat qiladi

Sport 22:50 / 22.08.2017 7255

«Barselona» rahbariyati «Liverpul» yarimhimoyachisi Filippe Koutinoni sotib olishdan deyarli umidini uzib bo‘ldi, deb yozmoqda Marca nashri.

Manba bergan xabarga ko‘ra, ingliz klubi «Barselona»dan kelayotgan barcha takliflarga to‘xtovsiz rad javobini berib kelmoqda va natijada kataloniyaliklar «PSJ» yarimhimoyachisi Anxel Di Mariyaga bo‘lgan qiziqishini yana qayta tikladi.

Neymarni «PSJ»ga sotishdan ishlab topgan puliga, kataloniyaliklar argentinalik futbolchidan tashqari «Nitstsa» yarimhimoyachisi Jan-Mishel Serini sotib olishni mo‘ljallagan.

Ko‘proq yangiliklar: