«O‘zsanoateksport» mahalliy eksport qiluvchilarga yordam beradi

O‘zbekiston 13:35 / 21.08.2017 5604

Prezidentning 16.08.2017 yildagi PQ-3220-son «O‘zsanoateksport» AJ faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori e'lon qilindi, deb xabar bermoqda Norma.uz.

Qaror bilan «O‘zsanoateksport» AJning asosiy vazifalari va faoliyatining yo‘nalishlari belgilandi. Chuqur marketing tadqiqotlarini olib borish, mahalliy tashkilotlarga xorijiy xaridorlarni topishda yordam berish, xorijda o‘tkazilayotgan tender (tanlov) savdolari, xalqaro savdo-sanoat ko‘rgazmalari, yarmarkalar va boshqalarda ishtirok etish kabilar shular jumlasidandir.

Shuningdek, hujjat bilan kompaniyaning ijro etuvchi apparati tuzilmasi ma'qullandi (boshqaruv xodimlari – 40 nafar).

«O‘zsanoateksport» AJga quyidagi huquqlar berildi:

•  o‘zining xorijdagi savdo uylari manziliga oziq-ovqat bug‘doyidan foydalanish balansi bilan tasdiqlangan hajmlar doirasida konsignatsiyalash sharti bilan oziq-ovqat uni va bug‘doyini yuklab yuborish;
•  kompaniya tomonidan olib kelinadigan va «bojxona hududida qayta ishlash» bojxona rejimiga joylashtirilgan xomashyo va materiallarni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarni jahon bozorlarida sotish uchun keyinchalik chetga chiqarishni amalga oshirish.

«O‘zsanoateksport» AJ tomonidan tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishida eksport operatsiyalari bo‘yicha tushum tushishi yoki qayta olib kirish muddati tovarlar, ishlar va xizmatlar amalda eksport qilingan kundan boshlab 90 kundan oshmasligi kerak.

«O‘zsanoateksport» AJ Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Amira Temur shohko‘chasi, 109-uy manzilida joylashtiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: