Importdagi go‘sht va un aksiz solig‘idan ozod etildi, yem-xashak narxlari endi arzon bo‘ladi

O‘zbekiston 14:00 / 21.08.2017 106795

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan 2017 yil 15 avgustda imzolangan yangi qarorga ko‘ra, joriy yil 1 sentabrdan boshlab sariyog‘, soya va kungaboqar yog‘i, urug‘lik mahsulotlar (kartoshka, bug‘doy, makkajo‘xori, javdari, meslin, arpa, suli, grechka, soya fasulyalari va boshq.), krupa, shakarqamish shakari, kakao, pishloqlar, farmatsevtikada zarur bo‘lgan mahsulot, hayvon va parranda boqish uchun yem turlariga nisbatan nol stavkada boj to‘lovi joriy etiladi. Bu haqda KUN.UZ muxbiriga Tashqi savdo vazirligi axborot xizmati ma'lumot berdi.

Shuningdek, 1 sentabrdan boshlab, O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan go‘sht va yarim tayyor go‘sht mahsulotlari, parranda yog‘i, bug‘doy uni va hayvonlarni boqish uchun yem mahsulotlari belgilangan aksiz soliqdan ozod etilgan.

Qarorda ta'kidlanganidek, quyidagi alohida turdagi mahsulotlarga nisbatan boj to‘lov stavkasi pasaytirildi:

- go‘sht mahsulotlari olinuvchi katta shoxdor jonivorlar, parranda yog‘i, yarim tayyor go‘sht mahsulotlari, kofe, bug‘doy uni, shakarqamish shakari;

- kungaboqar yog‘i, kofe va shakar mahsulotlariga belgilangan aksiz solig‘i.

Mazkur qarorda ko‘zda tutilgan asosiy maqsad mahalliy ishlab chiqaruvchilarni iste'mol bozorida raqobat qilishga, xaridorlar sadoqatiga erishish uchun yuqori sifatga harakat qilishga rag‘batlantiradi. Shuningdek, firibgarlik yo‘li bilan narxlarning sun'iy o‘zgarishi, chayqovchilik faoliyati orqali sun'iy tovar aylanmasining hajmiga ta'sir o‘tkazishning oldi olinadi.

Ko‘proq yangiliklar: