«O‘zbekiston 24» telekanali rahbari o‘zgardi

O‘zbekiston 17:10 / 21.08.2017 30000

Ozod Hamidxo‘jayev «O‘zbekiston 24» telekanali rahbarligidan ketdi. Bu haqda KUN.UZ manbasi xabar bermoqda.

Hamidxo‘jayev yangi tashkil etilgan kanalga may oyi oxirida rahbar bo‘lib kelgandi.

Telekanalga endilikda Nodir To‘laganov direktor etib tayinlandi. U bungacha  «O‘zbekiston» telekanaliga rahbarlik qilayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 17 avgust kuni Nuriddinov MTRK raisi o‘rinbosarligidan olinib, «O‘zbekiston» telekanaliga direktor etib tayinlangandi. U bugun O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosarligiga qaytarildi. Uch kunlik rais o‘rinbosari Bahodir Yunusov qaysi ishga o‘tgani ma'lum emas, shuningdek, «O‘zbekiston» telekanaliga endi kim direktor bo‘lgani aytilmayapti.

Ko‘proq yangiliklar: