Toshkent viloyatida jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarga uylar topshirilmoqda

Jamiyat 12:09 / 21.08.2017 5124

Toshkent viloyatida davlatning kam ta'minlangan oilalar va jismoniy imkoniyatlari cheklangan insonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi tadbirlari ko‘lami tobora kengaymoqda. 

KUN.UZ’ga Toshkent viloyati hokimligi vakilining xabar berishicha, bugun viloyatdagi jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolarga uy-joylarni tantanali topshirish tadbirlari boshlandi. 

Chirchiq shahrida yashovchi Mohira Qarshiboyeva ham ana shunday uylardan birining sohibasiga aylangan. Shunday tadbirlar bugun kun davomida Yuqori Chirchiq, Parkent tumanlari va Bekobod shahrida bo‘lib o‘tadi.

Qayd etilishicha, 2017 yil davomida jami bo‘lib 66 ta uy o‘z egalariga topshiriladi. Bugun, 21 avgustning o‘zida uylar 4 ta oilaga berildi.

Ko‘proq yangiliklar: