RFPL. «Rostov» «Krasnodar» bilan durang o‘ynadi, Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi

Sport 00:23 / 21.08.2017 5806

Rossiya premer-ligasining 7-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv Rostovda bo‘lib o‘tdi va unda «Rostov» «Krasnodar»ni qabul qildi.

Mavsumni ko‘tarinki ruhda boshlagan rostovliklar bu safar o‘z uyida raqib darvozasiga yo‘l topa olmadi. O‘z navbatida raqib ham bu ishni uddalay olmadi va uchrashuv nursiz durang bilan yakuniga yetdi.

Ahamiyatli tomoni, O‘zbekiston terma jamoasi uchun nomzod bo‘lgan Eldor Shomurodov bu safar 77-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi va 14 daqiqa davomida maydonda to‘p surdi.

Ushbu durangdan keyin «Rostov» hisobidagi ochkolar soni 14taga yetdi va jamoa 3-o‘rinda qoldi. «Krasnodar» esa 12 ochko bilan 5-pog‘onani band etib turibdi.

RFPL, 7-tur

Rostov – Krasnodar 0:0

Rostov: Pesyakov, Ingason, Boben, Ustinov, Mevlya, Yusupov, Kalachyov, Zuyev (Dumbiya, 67), Gatskan (Mogilevets, 46), Parshivlyuk, Dyadyun (Ilhom Shomurodov, 77).
Krasnodar: Sinitsyn, Grankvist, Martynovich, Ramires, Petrov, Gazinskiy, Ristich (Joaozino, 45), Jigulev, Mamayev, Klasson (Ivan, 84), Ignatev (Smolov, 61).
Ogohlantirishlar: Martinovich (35), Dyadyun (42).

Ko‘proq yangiliklar: