Messi og‘ir kunda «Barselona»ni tashlab ketmaydigan bo‘ldi

Sport 13:15 / 21.08.2017 18099

Lionel Messi «Barselona» bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishdi.

Jurnalist Gilem Balaga tvitterida ma'lum qilishicha, 30 yoshli bu argentinalik futbolchi shartnomani uzaytirishga rozilik bergan va faqat imzolash jarayoni qolgan.

O‘tgan oyda futbolchi kataloniyaliklar bilan shartnomasini 2021 yilgacha uzaytirishi haqida ma'lum qilingandi.

Bundan avvalroq ushbu futbolchini «Manchester Siti» 300 mln yevroga sotib olishga tayyorligi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: