La-liga. «Real» safardan yirik hisobdagi g‘alaba bilan qaytdi

Sport 03:34 / 21.08.2017 17980

Ispaniya chempionatining 1-turidan o‘rin olgan qiziqarli uchrashuvlardan biri La-Korunyada bo‘lib o‘tdi. Unda «Deportivo» amaldagi chempion «Real»ni qabul qildi.

Uchrashuvning 20-daqiqasida Garet Beyl hisobni ochgan bo‘lsa, 7 daqiqa o‘tib Kazemiro farqni ikkitaga oshirdi. Ikkinchi bo‘limda esa Toni Kroos o‘yinga nuqta qo‘yuvchi so‘nggi golni kiritdi va «Real»ning yirik g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi.

Ispaniya La-ligasi, 1-tur

Deportivo – Real Madrid 0:3 (0:2)
Gollar: Beyl (20), Kazemiro (27), Kroos (62).
Deportivo: Martines, Xuanfran, Sher, Sidney, Luizinyu, Gilerme, Moskera, Kartabiya (Borxa Vale, 79), Borxes (Adrian, 65), Bakkali (Gama, 54), Andone.
Real Madrid: Navas, Karvaxal, Nacho, Ramos, Marselo, Modrich, Kazemiro (Markos Lorente, 72), Kroos, Isko (Asensio, 66), Benzema, Beyl (Vaskes, 80).
Ogohlantirishlar: Bakkali (24), Sher (53), Ramos (53), Modrich (57), Kartabiya (60), Moskera (84), Andone (87).
Chetlatish: Ramos (90+2).

Ko‘proq yangiliklar: