Komilov Dehlida Hindiston fan va madaniyat arboblari bilan uchrashdi

O‘zbekiston 14:02 / 21.08.2017 4614

2017 yilning 21 avgust kuni Dehli shahrida O‘zbekiston Respublikasi hukumati delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Hindiston ilm-fan va madaniyat vakillari bilan uchrashdi.

Suhbatda J.Neru nomidagi universitet, Islom milliy universiteti, “Unity Foundation Delhi” ijtimoiy-madaniy tashkiloti, Hindiston Tashqi ishlar vazirligining Madaniy aloqalar bo‘yicha hind kengashi yetakchi olimlari, Bobur nomidagi xalqaro jamg‘arma faollari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda madaniy-gumanitar munosabatlar, O‘zbekiston va Hindiston fan va ta'lim muassasalari o‘rtasida bevosita aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash masalari yuzasidan fikr almashildi.

Ta'kidlanganidek, o‘zbek va hind xalqlari tarixi, adabiyoti, musiqasi, rassomchilik va arxitekturasi, ularning bir-birini boyitishi va to‘ldirishi buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Bobur va uning avlodlari nomi bilan chambarchas bog‘liq. Ularning o‘chmas merosi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida ko‘p asrlik savdo, fan, madaniyat sohalaridagi samarali almashinuv an'anasini davom ettirish uchun kuchli salohiyat yaratadi.

Iliq va o‘zaro hurmat ruhida o‘tgan uchrashuvda hamkorlikni kengaytirish yuzasidan aniq takliflar aytib o‘tildi.

Ko‘proq yangiliklar: