Islandiyada avtomobil xalqaro aeroportning kirish zali eshigiga borib urildi

Jahon 13:53 / 21.08.2017 2924

Islandiyadagi Keblavik xalqaro aeroportining kirish zali eshigiga avtomobil kelib urildi. Iceland Monitor shu haqida xabar berdi. 

Voqea 20 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:00da Islandiya poytaxti Reykyavikdan 50 kilometr narida ro‘y bergan. Guvohning ma'lumotlariga ko‘ra, avtomobil haydovchisi taxminan 20 yoshda. Haydovchining qoidabuzarligi sabab politsiya uning ketidan tushgan va yo‘lini to‘sishga muvaffaq bo‘lgan. U mashinadan qo‘llarini ko‘targancha chiqib kelgan, politsiyachilardan biri uning yoniga yaqinlashganda esa yigit unga tashlanib, zarba bergan. 

Shundan so‘ng u boshqa avtomobil yoniga borib, undagi ayol-haydovchini olib chiqqan va uning mashinasiga o‘tirib,  voqea sodir bo‘lgan joydan qochishga uringan. 

Politsiya uning iziga tushgan. Natijada u Keblavik xalqaro aeroportining kirish zali eshigiga borib urilgan va politsiya uni qo‘lga olgan.

Jabrlanganlar haqida ma'lumotlar yo‘q.

Ko‘proq yangiliklar: