Foto: Andijon viloyati hududida snaryad topildi

O‘zbekiston 10:02 / 21.08.2017 46525

Andijon viloyati Jalaquduq tumani dala maydonida 152 mm.li snaryad topildi. Bu haqda Andijon viloyati IIB KUN.UZ’ga ma'lum qildi.

Xabar qilinishicha, Jalaquduq shahar "Boycheki" MFYda yashovchi X.M. Jalaquduq tumani Teshiktosh QFY "Dehqonobod" mahalla hududida joylashgan «Foziljon-yerlari» fermer xo‘jaligining dala maydonida ov qilayotgan vaqtida «Gaubitsa D-20» nomli, uzunligi 70 sm, 152 mm kalibrli snaryadni topib olgan. U eskirib zanglagan holda bo‘lgan. Shundan so‘ng, X.M. o‘q-dorini yashash uyiga olib kelgan va o‘z ixtiyori bilan tuman IIB xodimlariga topshirgan.

Ushbu snaryad ayni vaqtda viloyat IIB maxsus guruh xodimlariga topshirilgan. Tergovga qadar tekshiruvni tuman IIB tergov bo‘limi olib bormokda.

Ko‘proq yangiliklar: