Chet elda ishlab kelgan fuqaro militsiyaga ishga kira oladimi?

Jamiyat 16:15 / 21.08.2017 37470

SAVOL: Chet mamlakatlarda, jumladan, Rossiya davlatida ishlab kelgan fuqarolar ichki ishlarga (militsiya, yong‘in xavfsizligi boshqarmasiga) ishga qabul qilinmaydi, degan gaplar odamlar orasida yurmoqda. Shu masala oydinlik kiritib, ma'lumot bersangiz. Javobingiz uchun oldindan rahmat.

Shamshod Amonov

Javob: Tegishli hujjatlarni yashash manzilingizdagi ichki ishlar bo‘limiga topshiring. Xorijga chiqish va kelish ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilishni istisno etmaydi.

Ichki ishlar vazirligi yuridik ta'minlash boshqarmasi.

Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.

Ko‘proq yangiliklar: