Bundesliga. «Borussiya» M g‘alaba qozondi, «Ayntraxt» durang o‘ynadi

Sport 00:13 / 21.08.2017 2323

Germaniya bundesligasining 1-turidan o‘rin olgan yana ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. «Borussiya» Myongxengladbax o‘z uyida «Kyoln»ni qabul qilgan bo‘lsa, «Ayntraxt» «Frayburg» mehmoni bo‘ldi.

Elvedi tomonidan kiritilgan yagona gol myongxengladbaxliklarga g‘alaba keltirgan bo‘lsa, «Frayburg» mezbonlik qilgan o‘yinda hisob ochilmay qoldi.

Germaniya bundesligasi, 1-tur

Frayburg – Ayntraxt F 0:0

Frayburg: Shvolov, Linxart, Shuster, Kempf, Shtentsel, Xefler, Frantts, Gyunter, Niderlexner (Terratsino, 78), Xaberer, Klyayndinst (Petersen, 58).
Ayntraxt F: Gradetski, Abraam, Xasebe, Falett (da Koshta, 83), Fernandes, Chendler, Villems, de Guzman, Gachinovich (Xrgota, 88), Kamada (Boateng, 67), Aller.
Ogohlantirishlar: Falett (48), Linxart (54), Fernandes (79).

Borussiya M – Kyoln 1:0 (0:0)

Gol: Elvedi (49).
Borussiya M: Zommer, Ginter, Vendt, Elvedi, Vestergor, Traore (Xofmann, 84), Kramer, Zakariya, Azar (Xerrmann, 81), Raffael (Bobadilya, 88), Shtindl.
Kyoln: Horn, Sorensen, Xektor, Klyunter, Xaynts, Lemann, Raush (Xorn, 45), Yoyich, Risse (Girassi, 59), Bitenkur (Tsoller, 75), Kordoba.
Ogohlantirishlar: Zakariya (23), Xaynts (55), Sorensen (72), Zommer (90), Shtindl (90).

Ko‘proq yangiliklar: