Artel Technical School «Kelajak maktabi» o‘quv narxlarini pasaytirmoqda!

Jamiyat 20:02 / 21.08.2017 69871

Artel Technical School xususiy maktabi bo‘lajak o‘z o‘quvchilari va ularning ota-onalariga barcha qulayliklarni yaratish maqsadida hamda ularning istaklarini e'tiborga olib, ta'lim olish uchun to‘lov ancha pasaytirilgani haqida ma'lum qiladi!

O‘z farzandini 2017 yilning 25 avgustiga qadar o‘qishga yozdirganlar butun yil davomida ta'lim olish uchun 25 foizlik chegirma oladilar, ya'ni bir oyda 2 250 000 so‘m. Endilikda, nufuzli zamonaviy maktabda o‘qish shu darajada hamyonbop bo‘ldiki, ta'lim olish joyini tanlash borasida shubhalarga umuman o‘rin qolmadi. Biroq, bu hali hammasi emas! Agarda, ota-onalar o‘quv vaqtidan so‘ng raqs darslari hamda karate mashg‘ulotlaridan voz kechishsa – ta'lim narxi yanada tushadi va oyiga 1 800 000 so‘mni tashkil qiladi.

Hattoki maktabning eng jajji tarbiyalanuvchilari ham innovatsion texnologiyalar, yangi fanlar, kutilmagan yangilik va ixtirolar bilan har kuni ish olib boradilar. “Faqatgina Artel Technical School”da 1-sinfdan boshlab robototexnika – rivojlangan davlatlarda faol tarzda o‘rganilayotgan, eng yangi va dolzarb maktab fanlaridan biri bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boriladi.

Birinchi sinf o‘quvchilari o‘yin shaklida dasturlash, 3D-modellashtirishni o‘rganib borishadi, eng muhimi, maktabda matematika, fizika va kimyo fanlarini chuqurlashtirilgan holda o‘qitishga alohida e'tibor qaratiladi.

Artel Technical School o‘quvchilari ingliz tilini faol o‘rganishadi hamda o‘qishning yakunigacha unda ingliz zabon bo‘lgan xorijlik do‘stlar va o‘qituvchilar bilan bemalol gaplasha olish darajasiga yetadilar. Bundan tashqari, maktab bitiruvchilari xorijiy adabiyotlar va maxsus adabiyotlarni osonlik bilan o‘qishi mumkin.

Bitiruvchilarda ingliz tilini bilish darajasi CEFR tasnifi bo‘yicha C1’ga yoki Cambridge ESOL tasnifi bo‘yicha CAE’ga teng bo‘ladi.

Artel Technical School o‘quvchilariga maktabda «faundeyshen kursi» (certificate of foundation studies) deb ataluvchi kursdan o‘tish kabi noyob imkoniyat taqdim etiladi. Bu xalqaro ta'lim dasturi bo‘lib, undan muvaffaqiyatli o‘tgan bitiruvchi jahonning deyarli barcha yetakchi universitetlariga imtihonlarsiz kirish kafolatini oladi.

Yuqori sinflardagi ta'lim birinchi navbatda o‘quvchilarning professional ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan – ular nafaqat laboratoriyalar va maktab ustaxonalarida, balki yirik sanoat korxonalarida ham amaliyotni o‘taydilar.

Maktabda 12 kishilik kichik sinflar tashkil etiladi, shu bilan birga, ota-onalar o‘z farzandi ta'lim olishi uchun rus, o‘zbek va ingliz tilini tanlashlari mumkin. Maktab sentabrda 1-7 sinflarga 6 va 13 yoshdagi bolalarni kutmoqda, kelasi yildan esa ularga, umumta'lim maktablarining 8-9 sinf o‘quvchilari ham qo‘shilishi mumkin. Bu holat agarda ular xususiy muassasaga o‘tish istagini bildirsalar, ro‘y beradi. Maktabda ta'lim 11 yil davom etadi – faqatgina shunday vaqt davomida bolalarga barcha kerakli bilimlarni berish mumkin!

Maktabda bolalar uchun 4 martalik ovqatlanish tashkil etilgan (mazali, to‘yimli va foydali taomlar), to‘garaklar va seksiyalar ishi yo‘lga qo‘yilgan, dam olish hamda o‘yinlar uchun ixcham joylar yaratilgan, sinfxonalar amaliy va nazariy mashg‘ulotlar uchun zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Har bir auditoriya «Aqlli sinf» videokuzatuv tizimiga ega, u ma'muriyatga ta'lim sifati va bolalar xavfsizligini doimiy ravishda nazoratda ushlash imkonini beradi. Faqatgina yuqori malakali kadrlardan iborat bo‘lgan shtat butunlay to‘ldi, hamda o‘quvchilar va xodimlar o‘zlarining bo‘lajak o‘quvchilarini intizorlik bilan kutmoqda!

O‘z farzandingiz kelajagiga katta qadam qo‘yishga yordam berishingiz, ayniqsa hozir, Artel Technical School maktabida o‘quv uchun narxlar 25 foizga pasaytirilganda juda yengil bo‘ldi! Taklif 2017 yilning 25 avgustiga qadar amalda bo‘ladi, maktab 14 avgustdan har ish kunida ochiq eshiklar kunini o‘tkazmoqda (9:00 dan 18:00 gacha), uning davomida ota-onalar direktor bilan shaxsan tanishishlari mumkin, sinfxonalarni kirib ko‘rishlari va ta'lim dasturi haqida ko‘proq ma'lumot olishlari mumkin.

Manzil: Chilonzor tumani, Ts mavzesi, Qatortol ko‘chasi, 28 (mo‘ljal: «Oqshom» restorani ro‘parasida).

Bog‘lanish uchun telefon: +99871 2030400

Sayt: www.artelts.uz

Facebook: www.facebook.com/artelts.uz

Telegram’dagi kanal: t.me/arteltechnicalschool

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: