AQSh elchixonasi rossiyaliklarga viza berishni to‘xtatadi

Jahon 14:53 / 21.08.2017 10675

2017 yilning 23 avgustidan boshlab Rossiyaning butun hududi bo‘ylab rossiyaliklarga noimmigratsion vizalar berish to‘xtatiladi. Bu haqida AQSh elchixonasi xabariga asoslanib, RBK ma'lum qildi. 

1 sentabrdan viza berish qayta tiklanadi, biroq faqat Rossiya poytaxtidagi elchixonada. Qolgan shaharlardagi konsulliklarda viza berish noma'lum muddatga to‘xtatib turiladi. 

Amerika elchixonasi xabarida ta'kidlanishicha, viza berishning to‘xtatilishi "Rossiya Federatsiyasining AQSh diplomatik missiyasi xodimlari sonini cheklashga doir qabul qilgan choralari bilan bog‘liq".  

"Rossiya tomonining mamlakatda AQSh diplomatik missiyasi xodimlari sonini qisqartirishga doir qarori RFning ikki tomonlama aloqalarni yaxshilashga bo‘lgan harakatlari jiddiyligiga shubha uyg‘otmoqda. Biz dipmissiya xodimlari sonini diplomatik missiyaning asosiy funksiyalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan darajada saqlab qolamiz", - deyiladi AQSh elchixonasida. 

Ko‘proq yangiliklar: