12 sentabr kuni O‘FFga yangi prezident saylanadi

Sport 17:30 / 21.08.2017 40872

2017 yilning 12 sentabr kuni O‘zbekiston Futbol Federatsiyasida tashkilot nizomiga muvofiq hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkaziladi. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar berdi.

Unda Konferentsiya delegatlari, mehmonlar, matbuot vakillariga 2014–2017 yillarda amalga oshirilgan ishlari yuzasidan O‘FF prezidentining hisoboti, shuningdek, O‘FFning moliyaviy hisoboti ham taqdim etiladi.

Konferentsiyada O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tadi. Bundan tashqari kun tartibidan yangi rahbariyat tarkibi, yangi strukturani tasdiqlash kabi masalalar ham o‘rin olgan. 

O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining 15 iyundagi qaroriga ko‘ra sentabr oyida Federatsiya faoliyatida o‘zgarishlar bo‘lishi belgilangandi.

12 sentabr kuni terma jamoa bosh murabbiyi ham o‘zgarishi kutilmoqda.

Insayderlik xabarlariga ko‘ra, Federatsiyaga O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari, «O‘zavtosanoat» AK raisi Ulug‘bek Ro‘ziqulov prezident bo‘ladi, terma jamoa boshqaruvi esa sobiq futbolchi Azamat Abduraimov qo‘liga o‘tadi.

Sentyabrda O‘FF prezidenti o‘zgarishi mumkin

 

Ko‘proq yangiliklar: