Tinch okeanida 1945 yilda cho‘ktirib yuborilgan AQSh kreyseri topildi

Jahon 08:34 / 20.08.2017 12297

Tinch okeanida 5,4 km dan chuqurroqda Xirosimaga tashlangan atom bombasi komponentlarini tashigan, 1945 yilda cho‘ktirib yuborilgan AQShning “Indianapolis” kreyseri bo‘laklari topildi. Kemani Microsoft kompaniyasi hamasoschisi Pol Allen boshchiligidagi tadqiqotchilar jamoasi topdi, deb xabar bermoqda CNN telekanali. 

Atom bombasi uchun komponentlar yetkazib berish kemaning oxirgi maxfiy vazifasi bo‘lgan. U 1945 yil 30 iyulda ortga qaytayotganda yapon suv osti kemasi tomondan hujumga uchrab, cho‘ktirib yuborilgan. Kema 12 daqiqa ichida ummonga g‘arq bo‘lgan. Undagi 1196 dengizchidan 316 nafarigina omon qolgan. Kema cho‘kkandan beri, ya'ni 72 yil davomida qidirib kelingan.

 

Ko‘proq yangiliklar: