Surgutda odamlarga pichoq bilan tashlangan shaxsning yo‘q qilinishi tasvirlangan video tarqaldi

Jamiyat 19:03 / 20.08.2017 18023

Internetda Rossiyaning Surgut shahrida kishilarga pichoq bilan hujum qilgan shaxsning yo‘q qilinishi tasvirlangan video paydo bo‘ldi. U ko‘chadagi videokuzatuv kameralariga olingan, deb xabar bermoqda «K-Inform».

Kadrlardan ko‘rish mumkinki, politsiyachi ushbu shaxsni ko‘cha bo‘ylab ta'qib qilgan, taslim bo‘lish haqidagi so‘zlar e'tiborsiz qoldirilganidan so‘ng esa unga qarata o‘q uzgan.

Avvalroq Surgutda yo‘lovchilarga qurolli hujum amalga oshirilgani xabar berilgandi. Keyinchalik IShID hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi.

Ko‘proq yangiliklar: