RAMADA mehmonxonasida Hind taomlari festivali o‘tkazildi

Jamiyat 23:52 / 20.08.2017 9397

18 avgust kuni Toshkentdagi RAMADA mehmonxonasida Hind taomlari festivali o‘tkazildi. Tadbirda Hindistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Vinod Kumar hamda elchixona maslahatchisi ishtirok etishdi. 

Hind taomlari festivali ko‘tarinki ruhda boshlandi. Kechada hindcha raqslar, qo‘shiqlar ijro etildi. So‘ngra barcha mehmonlar, tadbir ishtirokchilari Hindistonning mazali taomlari tortiq qilingan dasturxonga taklif etildi. 

Suresh Kumar, Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi: 

"Avgustning so‘nggi kunlarida Toshkentdagi turli mehmonxonalarda hind taomlari festivali o‘tkazilmoqda. Yakuniy madaniy tadbir 27 avgust kuni Chirchiqdagi "FUN AND FOOD VILLAGE" akva bog‘ida bo‘lib o‘tadi. Hindiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi iliq munosabatlar hamisha mustahkam kuchga ega. O‘zbek va hind taomlari o‘rtasida o‘xshash jihatlar juda ko‘p. Masalan, siz sevib tanovul qiladigan osh palov - hindcha "biryani", somsa - "samosa", holva - "halva"ga juda o‘xshaydi. Ularning tarkibiy qismida ham deyarli bir xil masalliqlar ishlatiladi.  Bugungi tadbir orqali mehmonlar taniqli hind taomlaridan bahramand bo‘lish va bir lahzaga bo‘lsa-da o‘zlarini Hindistonga tushib qolgandek his etish imkoniga ega bo‘lishdi".

Metali Doni, RAMADA mehmonxonasining tashkiliy ishlar bo‘yicha direktori: 

"Hind madaniyati doimo jahon mamlakatlarini o‘ziga rom etib kelgan. Bugungi festival esa hind oshxonasining o‘zgacha ta'mini namoyish etishga imkon berdi. Mehmonxonamizning mahoratli oshpazcha Shimoliy Hindiston taomlari va yeguliklarini tayyorlashdi. O‘ylaymizki, bugungi dasturxon mehmonlarga manzur bo‘ldi".

Ko‘proq yangiliklar: