Kanadada 4 mingga yaqin kishi irqchilikka qarshi namoyishga chiqdi

Jahon 14:39 / 20.08.2017 2744

Kanadaning Vankuver shahrida irqchilikka qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi. CBC telekanalining xabar berishicha, shahar kengashi binosi oldida o‘tgan aksiyada 4 mingga yaqin kishi ishtirok etgan.

Foto:  Reuters

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, aksiya davomida namoyishchilar va ularning raqiblari o‘rtasida keng ko‘lamli ziddiyatlar kuzatilmagan. Vaziyat murakkablasha boshlaganda politsiya aralashib, olomondan bir necha kishini olib chiqqan. 

Foto:  Reuters

Manbaga ko‘ra, namoyish qatnashchilarining qo‘llarida  "Mehr-muhabbat bilan yashang" va "Xilma-xillik - kuch" kabi  yozuvlar tushirilgan plakatlar bo‘lgan. 

Ko‘proq yangiliklar: