Ispaniyada terrorchilar yashiringan joydan uch jasadning qoldiqlari topildi

Jahon 09:15 / 20.08.2017 5404

Ispaniyaning Alkanar munitsipalitetida politsiyachilar terrorchilarning boshpanasi sifatida taxmin qilingan joydan kamida uch jasadning qoldiqlarini topishdi. Bu yer portlash tufayli yo‘q qilingandi, deb xabar bermoqda El Pais.

Xabar qilinishicha, boshpanada portlash yuz bergan paytda besh kishi bo‘lgan.

Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, terrorchilar butan va propan yordamida portlovchi qurilma tayyorlashga urinishgan.

Shuningdek, xabarlarga qaraganda, teraktga Ripol shahri masjidining imomi ham aloqador bo‘lishi mumkin.

Nashrning ta'kidlanishicha, Barselona va Kambrilsadagi hujumlarga umumiy hisobda 13 kishi aloqadordir.

Avvalroq OAV Barselonada portlovchi moddalar ortilgan furgonlar orqali uchta nuqtada hujum rejalashtirilgan bo‘lgani haqida xabar bergandi.

Ko‘proq yangiliklar: