Iroq bosh vazir: Tall-Aforda IShIDga qarshi hujum boshlandi

Jahon 09:12 / 20.08.2017 4716

Iroq qo‘shinlari IShID terrorchilik guruhi jangarilari tomonidan egallab olingan Tall-Afor shahrini ozod etish uchun hujumga o‘tmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Haydar al-Obodiy televideniye orqali murojaatida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.

«Sizlar yoki taslim bo‘lasizlar, yoki o‘lasizlar», - deya jangarilarga qarata murojaat qilgan bosh vazir.

Xabar qilinishicha, AQSh va Iroq harbiy qo‘mondonlari ma'lumotlariga ko‘ra, shaharda taxminan 2 mingga yaqin jangarilar bor.

Avvalroq Iroq IShID nazorati ostida bo‘lgan Tall-Afor shahrini bombardimon qilishni boshlagani xabar qilingandi

Ko‘proq yangiliklar: