Fransiya chempionati. «Lion» so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Sneyderning debyuti «Nitstsa»ga omadli keldi

Sport 01:44 / 20.08.2017 3914

Fransiya chempionatining 3-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Turning markaziy uchrashuvida «Lion» «Bordo»ni qabul qildi.

Qisqa vaqtda ikki to‘p farqi bilan oldinga chiqib olgan mezbonlar 36-daqiqadan boshlab maydonda 10 kishi bo‘lib qoldi. Biroq jamoa shunga qaramasdan 88-daqiqaga qadar 3:1 hisobida g‘alaba qozonib turgandi. Biroq aynan mana shu daqiqadan boshlab ikki to‘p o‘tkazib yuborgan jamoa mavsumdagi ilk ochkolarini boy berdi.

«Nitstsa» esa Uesli Sneyder debyut qilgan uchrashuvda 2:0 hisobida g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Bu turda shuningdek «Sent-Eten» ham g‘alaba qozonib 100 foizlik ko‘rsatkichni saqlab qoldi.

Fransiya chempionati, 3-tur

Lion – Bordo 3:3 (2:1)
Gollar: Fekir (10), Tete (23), Traore (74) – Malkom (41, 90), Lerager (88).
Lion: Antoni Lopesh, Tete, Marselo, Morel, Marsal (Diakabi, 74), Tuzar, Darder, Traore, Fekir, Depay (Korne, 65), Dias (Ferri, 44).
Bordo: Kostil, Sabali, Tulalan, Yovanovich, Pellenar, Vada (Jonatan Kafu, 37), Lerager, Sankare, Malkom, Mendi (Labord, 46), Kamano.
Ogohlantirishlar: Darder (33), Traore (39), Lerager (59), Tulalan (64), Morel (82).
Chetlatish: Darder (36, Lion).

Nitstsa – Gengam 2:0 (1:0)
Gollar: Plea (45), Valter (47).
Nitstsa: Kardinal, Dante, Jalle, Suke, Le Marshan, Valter, Tamez (Kozello, 72), Le-Melu, Seri, Sneyder (Srarfi, 85), Plea (Balotelli, 65).
Gengam: Yunsson, Kerbra, Reboshu, Ikoko, Sorbon, Dido (Diallo, 76), Do (Koko, 57), Firi, Blas, Kamara (Tyuram, 56), Brian.
Ogohlantirishlar: Dido (68), Dante (74), Ikoko (80), Jalle (83).

Monpele – Strasbur 1:1 (0:1)
Gollar: Kongre (72) – Saadi (24).

Renn – Dijon 2:2 (1:0)
Gollar: Mubele (14), Mubele (46) – Kvon Chxan Xun (51), Tavaresh (90, penalti).

Sent-Eten – Amen 3:0 (2:0)
Gollar: Bamba (13, penalti), Dabo (40, penalti, 66).

Trua – Nant 0:1 (0:0)
Gol: Sala (81).
Chetlatish: Avazem (34, Nant).

Ko‘proq yangiliklar: