Bundestagda Berlinning Moskvaga nisbatan siyosati xato deb ataldi

Jahon 11:04 / 20.08.2017 10797

Germaniyaning Bundestagidagi So‘l partiya fraksiyasi hamraisi Ditmar Barchning ma'lum qilishicha, Berlin tomonidan Moskvaga nisbatan olib borilayotgan sanksiyalar siyosati xatodir. U bu haqda Bild gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda TASS.

«Mening fikrimcha, GFR hukumatining siyosati xatodir. Rossiya bilan tanish bo‘lgan kishilar, ushbu davlatni bu bema'ni sanksiyalar yordamida tiz cho‘ktirish mumkin ekanligiga ishonmaydi», - deya ma'lum qildi siyosatchi.

Shu bilan birga, Barchning ta'kidlashicha, So‘l partiya «Rossiyada yuz berayotgan hodisalarga tanqidiy fikrda».

Avvalroq Turkiya Yevroittifoqning Rossiyaga qarshi sanksiyalariga e'tiroz bildirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: