Bundesliga. «Leyptsig» «Shalke»dan mag‘lub bo‘ldi

Sport 00:26 / 20.08.2017 3721

Germaniya chempionatining 1-turidan o‘rin olgan yana bir uchrashuv Gelzenkirxendagi «Feltins Arena» stadionida «Shalke» o‘tgan mavsum kashfiyoti «RB Leyptsig»ni qabul qildi.

Uchrashuvning birinchi bo‘lim so‘nggida Nabil Bentaleb penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Yevgeniy Konoplyanka tomonidan kiritilgan gol mezbonlar g‘alabasini mustahkamladi.

Germaniya bundesligasi, 1- tur

Shalke-04 – RB Leyptsig 2:0 (1:0)

Gollar: Bentaleb (43, penalti), Konoplyanka (73).
Shalke-04: Fermann, Naldo, Nastasich, Ochipka, Kerer, Bentaleb, Kalidjuri, Xarit (Makkenni, 79), Gorettska, Konoplyanka (Mayyer, 89), Di Santo (Reze, 63).
RB Leyptsig: Gulachi, Orban, Halstenberg (Forsberg, 46), Klostermann, Upamekano, Laymer (Ogyusten, 76), Ilzanker, Keyta, Zabittser, Poulsen (Bruma, 76), Verner.
Ogohlantirishlar: Halstenberg (34), Keyta (47), Makkenni (86).

Ko‘proq yangiliklar: