Britaniyada Barselonadagi terakt tufayli mashinani ijaraga berish qoidalari kuchaytiriladi

Jahon 16:36 / 20.08.2017 2623

Buyuk Britaniya hukumati avtotransportdan foydalanilgan holda amalga oshiriluvchi teraktlar bilan kurash doirasida avtomobillarni ijaraga berishda qo‘shimcha tekshiruvlarni joriy qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Telegraph gazetasi yozmoqda.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, britaniyalik vazirlar terrorchilar avtomobillarni osonlik bilan ijaraga olishlari mumkin ekanidan juda tashvishdalar.

The Telegraph manbalarining so‘zlariga ko‘ra, avtomobillarni ijaraga berish bo‘yicha kompaniyalarga taqdim etiluvchi ma'lumot qidiruvdagi jinoyatchilar ro‘yxati bilan solishtiriladi. Bu ma'lumotlarga mijozlarning ismi, manzili va moliyaviy ahvoli kiritiladi.

Ta'kidlanishicha, Britaniya IIV va transport vazirligi avtomobillarni ijaraga berish kompaniyalar vakillari bilan muzokaralar doirasida qat'iyroq choralarni kiritish masalasini muhokama etishgan.

Vazirlar avtomobilni ijaraga berishdan avval ehtimoliy terrorchilarni aniqlash imkoniyatlarini o‘rganib chiqish vazifasini topshirishgan.

Biroq, hozircha bu borada yakuniy o‘zgartirishlar kiritilgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, 17 avgust kuni Barselonada markazida mikroavtobus odamlar ustiga haydab borildi. Yuz bergan holat terakt sifatida baholandi. Keyinchalik Kambrilsa shahrida terrorchilar furgonda piyodalar zonasiga bostirib borishga urinishdi.

Ko‘proq yangiliklar: