Boks bo‘yicha o‘rta vaznda jahonning mutlaq chempioni nomi ma'lum bo‘ldi

Sport 09:45 / 20.08.2017 20028

Amerikalik bokschi Terens Krouford namibiyalik Julius Indongoni nokautga uchratdi, deb xabar bermoqda RT. Amerikalik o‘z raqibini AQShning Linkolnida bo‘lib o‘tgan jangning uchinchi raundida nokautga uchratgan. Shu tariqa, Krouford 63,5 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylandi.

Amerikalik bokschi Butunjahon boks kengashi (WBC) va Butunjahon boks tashkiloti (WBO) talqiniga ko‘ra chempion nomini himoya qildi, shuningdek, Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) va Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) talqini bo‘yicha chempionga aylandi. 

Meyvezer va Makgregor bahsidan ham muhimroq jang

Ko‘proq yangiliklar: