BMT bosh kotibi Finlyandiyadagi teraktni qoraladi

Jahon 09:07 / 20.08.2017 5054

Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish Finlyandiyaning janubi-g‘arbida joylashgan Turku shahrida yuz bergan teraktni qoraladi. Bu haqda tashkilot saytida xabar berildi.

«Birlashgan Millatlar Tashkiloti Finlyandiya hukumati bilan terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashda birdamdir», - dedi u.

Guterrish Finlyandiya hukumati va xalqiga ta'ziya bildirdi, shuningdek, jabrlanganlar tezroq sog‘ayib ketishlarini tiladi.

Avvalroq Turkudagi hujumni amalga oshirgan gumonlanuvchi nomi ma'lum qilingani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: