Barselonadagi teraktni tashkil qilishda mahalliy masjid imomi gumon qilinmoqda

Jahon 17:36 / 20.08.2017 4524

Ripol shaharchasidagi 500ga yaqin kishi, asosan marokashliklar qatnovchi masjid imomi Abdulboqiy As-Sattiy Barselonadagi teraktni tashkil qilishda gumon qilinmoqda. Portlovchi moddalar saqlangan binoda taxminan shu kishining qoldiqlari topilgan. El Pais shu haqida xabar berdi

Ta'kidlanishicha, As-Satiyning chiqishlari radikal islomga mutlaqo aloqador bo‘lmagan. Biroq ikki oy oldin u kutilmaganda Ripolni tark etgan. Qo‘shnilarining taxmin qilishicha, u Belgiyaga ketgan bo‘lishi mumkin (imom bir necha marta Belgiyada bo‘lgan). Versiyalardan biriga ko‘ra, aynan o‘sha yerda u terrorchilar bilan aloqa o‘rnatgan bo‘lishi va shu tariqa Barselonadagi terakt tashkilotchilardan biriga aylangan bo‘lishi mumkin.

Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, politsiya As-Sattiyning uyida tintuv olib borgan, biroq u yerda teraktga aloqador hech qanday dalil topa olmagan. 

Bundan avval El Espanol nashri terrorchilarning dastlab Barselonadagi «Sagrada-Familiya» ibodatxonasiga «Iblisning onasi» portlovchi moddasi yordamida hujum uyushtirmoqchi bo‘lgani haqida yozishgandi. Biroq tasodifiy portlash ularning rejasini o‘zgartirib yuborgan va terrorchilar Rambla ko‘chasida terakt sodir etishgan. 

Ko‘proq yangiliklar: